"Real" 50 mln evrolik transferni amalga oshirishga tayyor
30.11.2025 21:40 Ўқилди: 6575
Qayd etilishicha, ispan grandi “AZ Alkmaar” xavbeki Kes Smitni nishonga olgan. "Qaymoqranglilar" futbolchi uchun 50 mln evro to'lashga tayyor. Smitning AZ bilan mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Ushbu summa niderlandiyaliklarga maqul kelmoqda.
Kes Smit jami “AZ Alkmaar” safida Erediviziyada 31 ta o'yin o'tkazib, ularda 2 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.