"Liverpul" Salohni "Inter"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritmaydi
08.12.2025 11:40 Ўқилди: 497
"indykaila News" xabariga ko'ra, mersisaydliklar misrlik hujumchini Milan klubiga qarshi o'yin uchun tarkibdan chiqarib tashlash imkoniyatini muhokama qildi.
O'yin 9 dekabr kuni Milanda bo'lib o'tadi. "Inter" hozirda 12 ochko bilan 4-o'rinda, "Liverpul" esa to'qqiz ochko bilan 13-pog'onada bormoqda.
Avvalroq 6 dekabr kuni Saloh intervyuda murabbiy bilan munosabatlaridagi muammolar haqida gapirgan va ketma-ket uchinchi o'yinda zaxira o'rindig'ida o'tirganidan noroziligini bildirgan edi.
So'nggi xabarlarga ko'ra, "Liverpul" yanvar oyidayoq Salohni sotishga tayyor. Hujumchiga qiziqayotgan Saudiya Arabistoni klublari futbolchi uchun qancha taklif etayotgani elon qilingan edi.