Neymar: "O‘sha paytda tanqid juda og‘ir botar edi"
08.12.2025 09:55 Ўқилди: 82
"Santos" hujumchisi Neymar muxlislarning tanqidini qattiq qabul qilganini tan oldi.
33 yoshli hujumchi "Flamengo"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyingi bahslarda jami beshta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirib, qahramonga aylandi.
"O‘sha paytda tanqid juda og‘ir botar edi. Meni tanqid qilayotgan odamlar chegara bilmaydi. Birinchi marta psixologik yordam so‘rashim kerak edi - endi o‘zim bardosh bera olmasdim.
Murabbiylarim, jamoadoshlarim va oilam ham menga yordam berishdi. Men ulardan juda minnatdorman", dedi Neymar.