Portugaliya terma jamoasi JCH-2026 uchun uy formasini taqdim etdi
03.12.2025 19:24 Ўқилди: 691
Futbolka Portugaliya terma jamoasi uchun ananaviy bo'lgan qizil rangda ishlangan bo'lib, yashil hoshiyalar va to'lqinsimon naqshlar bilan bezatilgan.
"Libos dunyoning eng yirik futbol arenasida o'zini namoyon qilishga tayyor bo'lgan Portugaliya terma jamoasining kuchi va okean quvvatini aks ettiradi. To'lqinsimon naqsh va yashil detallar bilan bezatilgan afsonaviy qizil asos mamlakatning dengiz bilan bog'liq ildizlari va uning qo'rqmas ruhidan dalolat beradi.
Ushbu dizayn yangilik yaratish uchun tug'ilgan va vatan libosiga bo'lgan muhabbat uchun o'ynaydiganlarga bag'ishlanadi", – deyiladi Portugaliya futbol federaciyasi xabarida.