Pep Gvardiola: "Futbolilar meni hurmat qilmay qo'yishdi"
03.12.2025 12:48 Ўқилди: 246
O'yin davomida "shaharliklar" 5:1 hisobida g'alaba qozonayotgan edi, ammo "Fulxem"ga hisobdagi farqni minimal ko'rinishga keltirishga imkon berib qo'yishdi.
"Albatta, men xavotir oldim. Lekin bu kelajakdagi o'yinlarda bizga yordam beradi. Har bir o'yin — ayrim o'yinchilar uchun yangi jamoa demakdir. Xatolar ustida ishlash kerak. Men juda qariman, futbolchilar esa meni hurmat qilmay qo'yishd. Ular o'z murabbiyiga bunday munosabatda bo'lmasliklari kerak.
Bunaqasi faqat ushbu ligada sodir bo'ladi. Biz ajoyib o'yin o'tkazdik. Eshiting, o'yinimizda haqiqatan ham ijobiy jihatlar bor edi. Yakunda bu xarakter va matonat masalasi bo'ldi", – dedi Gvardiola.