"Atletiko" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Flik nima dedi?
03.12.2025 08:32 Ўқилди: 449
Flikning takidlashicha, jamoa kuchli raqibga qarshi maydonga tushgani va bor kuch bilan kurashib, birdamlikni saqlagani muhim ahamiyat kasb etdi.
"Biz yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik, kurashdik va birdamligimizni ko'rsatdik — bu men uchun juda muhim edi. Men natijadan mamnunman. O'yinni ko'proq nazorat qildik, bo'sh zonalar va hujumlar uchun ko'proq imkoniyat yaratdik. "Atletiko" kabi jamoaga qarshi o'yinda shunday ishonchni his qilish — juda yaxshi", — deya Flikning so'zlarini "Marca" keltiradi.
Ispaniya chempionatida "Barselona" 37 ochko to'plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridning "Atletiko" jamoasi esa 31 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.