
Ertaga yurtimiz ahli “1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” keng tarzda nishonlaydi. Mazkur sanani munosib kutib olish maqsadida joylarda turli ko'rinishdagi tadbirlar o'tkazilyapti. Ana shundaylardan biri “Bunyodkor” futbol akademiyasida tashkil etildi. Unda akademiyada faoliyat yuritayotgan murabbiylar ishtirokida futbol uchrashuvi uyushtirildi. Jamoalar tarkibida esa Murod Aliev, Hikmat Hoshimov, Qahramon Abduqodirov, Rustam Zabirov, G'ulom Halimtoev, Sherzod Sharipov, Aleksey Roshin, Akbar Ismatullaev, Mirg'iyos Sulaymonov, Murod Toshmatov, Fayzullo Ochilov, Mahmud Sobirov, Jamoliddin Rahmatullaev singari yaqin o'tmishning taniqli futbolchilarini ko'rish mumkin edi. Mazkur bahs oldidan akademiya tarbiyalanuvchilari ustozlariga esdalik sovg'alarini hadya qilishdi. Endi bo'lib o'tgan uchrashuv xususida to'xtalsak:
“Bunyodkor-1” – “Bunyodkor-2” – 2:2. Penaltilar seriyasi – 3:4
Hakamlar: Olimjon Abduvasilov, Javohir Sadakulov, Abdurahmon Shukurullaev
“Bunyodkor-1”: A.Roshin, M.Aliev, SH.Sharipov, M.Mirazimov, R.Xusanov, A.Ismatullaev, X.Xoshimov, G'.Halimtoev, J.Esonov, J.Rahmatullaev, R.Zabirov
Zaxiradan tushganlar: D.Fezaziev, A.Hoshimov, D.Mavlyanov, M.Mirzaahmedov, Z.Xayotov, Q.Vahobov, A.Muminov, YU.Ergashev, B.Nishonboev
“Bunyodkor-2”: B.Sayfuddinov, E.Meliqo'ziev, M.Sobirov, A.Jummaev, Q.Abduqodirov, F.Ochilov, E.Mahkamov, K.Husanov, M.Sulaymonov, YU.Arslanov, M.Toshmatov
Zaxiradan tushganlar: U.Egamov, I.Xolnazarov, B.Sattorov, S.Tolibov, SH.Tolibov, D.Berdiev, X.Fayzullaev, D.Yunusmatov, G.Sapargaliev, A.Hasanbekov, A.Rahmatullaev, H.Yo'ldoshev, S.Zuxriddinov, X.Ahmadjonov
Gollar: D.Fezaziev (28), R.Xusanov (37) – I.Xolnazarov (39, 51).
Penaltilar seriyasi: H.Hoshimov, M.Aliev (darvozabon), SH.Sharipov, A.Xoshimov (ustun), G'.Halimtoev – M.Sulaymonov, X.Ahmadjonov, E.Mahkamov (darvozabon), F.Ochilov, A.Jummaev
Uchrashuv davomida nisbatan ustunlik qilgan “Bunyodkor-1” jamoasi futbolchilari raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Uyushtirilgan ketma-ket hujumlardan so'ng, Dilaver Fezaziev (28-daqiqa) hisobni ochdi, 1:0. Oradan 9 daqiqa o'tgach, Ravshan Husanov (37-daqiqa) hisobni yanada oshirdi, 2:0. Shundan keyin o'z dublini rasmiylashtirgan Islom Xolnazarov (39, 51-daqiqalar) muvozanatni tikladi, 2:2. Penaltilar seriyasida esa omad “Bunyodkor-2” jamoasiga kulib boqdi, 3:4.
O'yin yakuniga etgach, FK “Bunyodkor” MCHJ prezidenti Q.N.Hakimov, klub bosh direktori M.Aliev, “Bunyodkor” futbol Akademiyasi direktori SH.Saidov klub tizimida faoliyat yuritayotgan barcha murabbiylarni kirib kelayotgan kasb bayrami bilan samimiy qutlashdi. Shuningdek, tajribali murabbiylar – Nikolay Krasnogorov, Abdumalik Jummaev, Abdusattor Mo'minov va Mahmud Sobirovlarga “O'zbekiston sport faxriysi” unvoni tantanali ravishda topshirildi.




















![]() | 18.08.2026 01:00 Ўқилди 21351 FIFA Infantinoning JCH huquqlarini sotish rejasini tanqid qilgan operaciyalar direktori Lyamurni ishdan bo'shatdi |
![]() | 25.08.2026 02:08 Ўқилди 18920 "Chelsi" Angliya Premer-ligasi 1-tur bahsida "Fulxem"ni mag'lub etdi |
![]() | 26.08.2026 01:48 Ўқилди 4505 Brunu PFA talqiniga ko'ra APLda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi |
![]() | 22.08.2026 23:56 Ўқилди 4336 A Seriya. "Inter" ilk turda "Monca" darvozasiga 4 ta to'p kiritdi |
![]() | 24.08.2026 19:56 Ўқилди 4185 “Manchester Siti” “Barselona” yarim himoyachisi bo'yicha so'rov yubordi |
![]() | 17.08.2026 23:32 Ўқилди 4066 "Galatasaroy" prezidenti O'zbek Brunu uchun MYUga 35+15 mln evro, yarim himoyachiga esa yiliga 21 mln evro taklif qilishga tayyor |
![]() | 25.08.2026 01:16 Ўқилди 3813 Behruz Karimovning "Lugano"dagi ilk kuni |
![]() | 24.08.2026 23:40 Ўқилди 3774 "Nyukasl Yunayted" Niko Gonsales transferi borasida "Manchester Siti" bilan kelishib oldi |
![]() | 21.08.2026 00:56 Ўқилди 3418 "Galatasaroy" Rossiya termasi futbolchisini 25 million evroga sotib oldi |
![]() | 23.08.2026 01:16 Ўқилди 3199 "Inter" Lautaroning "Barsa"ga transferini "hatto 100 mln evroga" ham muhokama qilishni istamaydi |
Реклама
Сайт хақида