
"Bunyodkor" O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri. Qancha ko'p gapirsak ham istaymizmi yoki yo'q yigitlarda o'yin boshida hayajon kuzatildi. Keyin o'zlariga kelib olishdi.
Umuman olganda adolatli durang bo'ldi deya olaman. Chiroyli o'yin guvohiga aylandik. Ikki jamoa ham yutishni istadi, durangni ushlab qolishga o'ynashmadi. 2:1dan so'ng yana hayajon bo'ldimi bilmadim. Hozir ularga ham aytdim, 2:1ni 3:1 qilish mumkin, 4:1ga aylantirsa bo'ladi. Yana oldinga qarab o'ynash kerak. Biz o'zimiz imkoniyat berib qo'ydik. Jamoada o'ziga ishonch ortib boryapti. 3 ochko olsak yaxshi bo'lardi, turnir jadvali shuni taqozo qilmoqda. Lekin 2 ta o'yindan beri g'alabaga erisha olmadik.

- Maydon markazidagi o'yin haqida...
- Avvalgi uchrashuvlarni ko'rib chiqib aytgandik, ular 3 ta yarim himoyachi bilan o'ynardi. Bizda biroz boshqacharoq. Futbolchilarga to'p raqibda bo'lganida bir-biriga yaqinroq o'ynashni takidlagandik. Ozgina masofalar kengayib ketdi. Shuning hisobiga markazni berib qo'ydik. Iqbol Malikjonovni tushirdik, markazdagi o'yinni o'z tomonizga og'dirishga urindik. Ertaga yana tahlil qilib chiqamiz. Ikkinchi bo'limda Malikjonov tushmaguncha bu yaqqol ko'zga tashlanib turgandi...
- Toshtemirovning qizil kartochkasi haqida...
- Ikkinchi sariq bo'ldi. Maydon markazida taktik fol deyishadi. O'yinchi o'tib ketsa gol urishi mumkin edi. O'yinchingiz qizil olishi yaxshi emas. Bunga etiroz yo'q, majbur edi.

- Temurxo'ja Abduxoliqov borasida himoyachilarga aytilganmidi?
- Temurxo'jani asosiy tarkibda maydonga chiqadi deb o'ylagandik. Yakka o'zi oldinda o'ynardi. Himoyachilarga ham bu haqida aytilgan. Yarimta vaziyatdan gol uradigan hujumchi. Charchoqda etibor yo'qoldi. Bo'ydor himoyachilar poziciyada yutqazib qo'ydi. Mahorat kuchli ekan jamoasini olib chiqib ketdi.
![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 18938 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 15.09.2026 02:56 Ўқилди 14421 "Paxtakor" ustozi: "Havo harorati va yuqori namlik qiyinchilik tug'dirdi" |
![]() | 19.09.2026 02:00 Ўқилди 11558 APL. "Chelsi" "Brentford" maydonida yirik hisobda yutqazdi |
![]() | 13.09.2026 02:00 Ўқилди 10551 La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Rayo Valekano"ni tor-mor etdi |
![]() | 14.09.2026 19:56 Ўқилди 9946 Pioli Saloh o'ynayotgan jamoani boshqarishi mumkin |
![]() | 20.09.2026 19:40 Ўқилди 9816 Superliga. "Lokomotiv" - "Neftchi" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.09.2026 02:00 Ўқилди 8703 La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi |
![]() | 13.09.2026 20:32 Ўқилди 7729 LIVE. APL. "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 22.09.2026 09:48 Ўқилди 6618 TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini ma'lum qildi |
![]() | 21.09.2026 02:00 Ўқилди 6186 PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi |
Реклама
Сайт хақида