Futzal. Bugun Xitoy – O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadi
03.04.2025 12:32 Ўқилди: 255
Nodir Eliboev boshchiligidagi futzalchilarimiz italiyalik mutaxassis Silvio Krisari rahbarligidagi osmono'par yurt vakillariga qarshi parketga chiqadi. Har ikkala terma jamoada yangi murabbiylar shtabi ish olib boryapti. Bu o'z navbatida bizga yangicha qarashlar to'qnashuvini taqdim etadi.
Terma jamoamizga bugungi bellashuvda omad tilaymiz. Chiroyli o'yin va ijobiy natija kutib qolamiz.
XALQARO O'RTOQLIK UCHRASHUVI Xitoy — O'zbekiston 03.04.2025. 19:30 (Toshkent vaqti bilan —16:30) Yulin shahri Technological innovation sports center Nazoratchi: Li Ji Jong Komissar: Jang Jian jun