"Yunayted" Fernandesh o‘rniga rus futbolchisini tanladi
01.11.2026 16:52 Ўқилди: 84
"Manchester Yunayted" "Galatasaroy" yarim himoyachisi Aleksey Batrakovni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Caught Offside ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi skautlari rossiyalik futbolchining o‘yinlarini kuzatib bormoqda. Mankunianliklar uni Brunu Fernandeshga munosib o‘rinbosar sifatida baholamoqda.
Portugaliyalik yarim himoyachining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati u bilan kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmayapti.
Aleksey Batrakov joriy yil yozida Moskvaning "Lokomotiv" klubidan "Galatasaroy"ga o‘tgan. U Rossiya milliy terma jamoasining ham asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.