"Manchester Yunayted" yanvar oyi uchun asosiy transfer maqsadini belgiladi
01.11.2026 16:00 Ўқилди: 102
"Manchester Yunayted" qishki transfer oynasida "Fulxem"ning 26 yoshli nigeriyalik himoyachisi Kelvin Bessini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Jamoada Bessining markaziy himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynay olish qobiliyati yuqori baholanmoqda. "Manchester Yunayted" aynan shu ikki pozisiyada muammolarga duch kelmoqda.
Bessining "Fulxem" bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Avvalroq futbolchiga "Nyukasl", "Everton", "Inter", "Leypsig" va Dortmundning "Borussiya" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.