"Roma" rahbariyati Endrik transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
01.11.2026 10:39 Ўқилди: 96
"Roma" sport direktori Toni D'Amiko "Real" hujumchisi Endrikning Rim klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
D'Amiko "Udineze"ga qarshi o‘yin oldidan DAZN Italia nashriga bergan intervyusida jamoaning asosiy e’tibori hozirgi mavsumga qaratilganini ta’kidladi.
"Yosh futbolchilarimizning rivojlanishidan mamnunmiz. Uchrashuvlar ko‘pligi sabab tarkibda tanlov imkoniyatlari keng bo‘lishi muhim.
Hozir aniq futbolchilar haqida gapirish qiyin, oldinda hali ko‘p vaqt bor. Endrik — juda kuchli futbolchi, ammo biz o‘z jamoamizga e’tibor qaratishimiz kerak.
Har uch kunda maydonga tushyapmiz. Transferlar haqida o‘ylashga keyin ham vaqt topiladi", — dedi D'Amiko.
Shuningdek, sport direktori "Napoli" ustozi Massimiliano Allegrining hakamlik borasidagi e’tirozlariga ham to‘xtalib, "Roma" faqat o‘z o‘yini va mehnatiga e’tibor qaratishini bildirdi.