Estevaoga «Chelsi»dan ketishni talab qilish maslahat berildi
31.10.2026 18:13 Ўқилди: 108
«Chelsi»ning braziliyalik yarim himoyachisi Estevaoga yaqinlari klubdan transfer talab qilishni maslahat bermoqda.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli futbolchining oilasi uning London klubidagi holatidan norozi. Ular «Chelsi» Estevaoga yetarlicha o‘yin amaliyoti bermayotgani va uning rivojlanishiga lozim darajada e’tibor qaratmayotganini hisoblamoqda.
Shu sababli futbolchining yaqinlari unga boshqa jamoaga o‘tish masalasini ko‘tarishni tavsiya qilgan.
Qizig‘i, Estevao aynan 31 oktyabr kuni «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda joriy APL mavsumida ilk bor «Chelsi»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.