Alonso «Chelsi» rahbariyatidan Kunde transferini so‘radi
31.10.2026 18:13 Ўқилди: 96
«Chelsi» qishki transferlar davrida «Barselona» himoyachisi Jyul Kundening transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso fransiyalik futbolchini jamoaga taklif qilish tashabbusi bilan chiqqan.
Ispaniyalik mutaxassis himoya chizig‘iga tajribali va yuqori saviyali futbolchi qo‘shishni istamoqda. Ayniqsa, Maksans Lakruaning «Liverpul»ga qarshi o‘yinda son orqa mushaklaridan jarohat olishi yangi himoyachiga ehtiyojni oshirgan.
Kunde 2022 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.
Fransiyalik futbolchining bozor qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.