«Real» Ryudigerga yangi shartnoma taklif qilmasligi mumkin
26.09.2026 14:39 Ўқилди: 9
Madridning «Real» klubi markaziy himoyachi Antonio Ryudiger bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda MadridistaHoy xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Qirollik klubi» 33 yoshli futbolchiga yangi kelishuv taklif qilish niyatida emas. Biroq hozircha bu ma’lumot klub tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
Ryudiger 2022 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyida yakunlanadi.
Joriy mavsumda nemis himoyachisi Ispaniya chempionatida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Ryudigerning bozor qiymati 6 million yevroni tashkil qiladi.