
«Roma» hujumchisi Paulo Dibala qiyin tanlov oldida qoldi: u Buenos-Ayresga borib, Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv o‘yinida ishtirok etishni yoki klub ixtiyorida qolishni tanlashi kerak.
«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Dibala va Nauel Molinaning uzoq parvozga chiqishiga qarshi.
Argentina futbol assosiasiyasi 2022 yilgi jahon chempionati g‘oliblarining barchasini 6 oktyabr kuni «Estadio Monumental»da Beninga qarshi o‘tadigan uchrashuvga faxriy mehmon sifatida taklif qilgan.
Biroq Gasperini ikki muhim futbolchining 14 soatlik parvoz qilishi va jamoaning muhim o‘yinlari oldidan uchta mashg‘ulotni o‘tkazib yuborishini istamayapti.
«Roma» rahbariyati ham futbolchilarning jismoniy holatini ularning tribunada mehmon sifatida ishtirok etish istagidan ustun qo‘ymoqda.
2024 yil sentyabridan buyon Argentina terma jamoasiga chaqirilmagan Dibala Messini munosib kuzatish imkoniyatidan mamnun bo‘lar edi. Gasperini esa seshanba kuni futbolchi bilan bu masalani alohida muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 19103 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 24.09.2026 18:40 Ўқилди 15188 Jezush: "Portugaliya terma jamoasining barcha turnirlardagi maqsadi - g'alaba. Ulardan birinchisi - Millatlar Ligasi" |
![]() | 19.09.2026 02:00 Ўқилди 11705 APL. "Chelsi" "Brentford" maydonida yirik hisobda yutqazdi |
![]() | 20.09.2026 19:40 Ўқилди 9957 Superliga. "Lokomotiv" - "Neftchi" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.09.2026 09:56 Ўқилди 9183 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.09.2026 02:00 Ўқилди 8796 La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi |
![]() | 27.09.2026 02:08 Ўқилди 8425 41 yoshli Modrichning goli Xorvatiyaga Chexiyani mag'lub etishga yordam berdi |
![]() | 22.09.2026 09:48 Ўқилди 6729 TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini ma'lum qildi |
![]() | 21.09.2026 02:00 Ўқилди 6282 PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi |
![]() | 24.09.2026 19:24 Ўқилди 6160 Dembele: "Oltin to'p" - individual sovrin, ammo jamoa menga juda katta yordam bergan" |
Реклама
Сайт хақида