Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Menni Pakyao Filippin pedagogika universitetida jismoniy tarbiya va sport sohasida fan doktori darajasini oldi.
«Bu katta sharaf va juda hayajonli lahza. Menga jismoniy tarbiya va sport sohasida doktorlik darajasini bergan Filippin pedagogika universitetiga rahmat.
Hayot syurprizlarga boy. Kim o‘ylabdi deysiz? Ammo bu bir narsani eslatadi: hayot yo‘lingizni qayerdan boshlaganingizdan qat’i nazar, o‘zingizga ishonishda davom eting, astoydil mehnat qiling, kamtar bo‘ling va hech qachon taslim bo‘lmang.
Katta orzulari bor yoshlar, erishganlaringiz bilan to‘xtab qolmang. Yo‘lingizni qayerdan boshlaganingiz kelajakda nimalarga erishishingizni belgilab bermaydi. Muvaffaqiyatga erishganingizda esa, boshqalarga yordam berish orqali uni yanada ahamiyatli qiling», — deb yozdi Pakyao.
47 yoshli Pakyao faoliyati davomida 73 ta jang o‘tkazgan. Uning rekordi — 62-8-3.