
UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Islom Maxachev irlandiyalik Ian Machado Garrining so‘nggi raqiblari haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Garri avvalroq o‘zining so‘nggi besh raqibi Maxachevning besh raqibiga qaraganda kuchliroq bo‘lganini ta’kidlagan edi.
“Bu yigit jamoadoshi Charlz Oliveyraga ham hurmat ko‘rsatmaydi. Yaxshi raqibga qarshi jang qilganida esa imkoniyatni boy bergan edi. Shavkat Rahmonov uni besh raundning to‘rttasida to‘liq nazorat bilan yutgan”, dedi UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni.
Irlandiyalik jangchi 2024-yilda Shavkat Rahmonovga hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergan. Bu uning faoliyatidagi yagona mag‘lubiyati hisoblanadi. Shundan so‘ng Garri Karlos Prates va Bilol Muhammad ustidan g‘alaba qozondi.
Endilikda Ian Machado Garri 16-avgust kuni UFC 330 turnirida Islom Maxachevga qarshi chempionlik kamari uchun jangga chiqadi.
Ayni paytda Islom Maxachev UFCda ketma-ket 16 ta g‘alabali seriyani davom ettirmoqda. Uning professional faoliyatidagi rekordi 28 g‘alaba va 1 mag‘lubiyatni tashkil etadi. Rossiyalik jangchi so‘nggi bor Nyu Yorkda o‘tkazilgan UFC 322 turnirida sobiq chempion avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, yarim o‘rta vazn toifasi chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan va UFC tarixida ikki vazn toifasida chempion bo‘lgan jangchilar qatoridan joy olgan edi.
Ian Machado Garri esa so‘nggi jangini 2025-yilning 22-noyabr kuni Qatarda tashkil etilgan UFC Fight Night turnirida falastinlik Bilol Muhammadga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan. 28 yoshli irlandiyalikning professional rekordi 17 g‘alaba (shundan 8 tasi muddatidan avval) va 1 mag‘lubiyatdan iborat.
![]() | 11.08.2026 19:48 Ўқилди 96165 37 yoshli Aleksis Sanches MLS klubi bilan bitim tuzdi |
![]() | 11.08.2026 21:16 Ўқилди 23720 Pogba Angliyadagi "Monako" yig'inida jarohat oldi va mashg'ulosni muddatidan oldin tark etdi |
![]() | 11.08.2026 01:08 Ўқилди 18924 Endrik yozda "Real"ni tark etmaydi – qarorni hujumchi, klub va Mourinyu qabul qildi |
![]() | 16.08.2026 01:16 Ўқилди 14239 Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi |
![]() | 11.08.2026 19:24 Ўқилди 5328 Elit OCHL o'tish o'yini: "Paxtakor" – "Al Hussayn". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 10.08.2026 17:16 Ўқилди 3102 Rasman: “Xorazm”ga "Andijon" sobiq a'zosi, rossiyalik himoyachi va braziliyalik hujumchi keldi |
![]() | 09.08.2026 01:08 Ўқилди 3040 Ilyos Zeytullaev: "Bizga ajratilgan 5 mlrdning 2,5 mlrdi darhol soliqqa ushlab qolindi, qolgani esa..." |
![]() | 16.08.2026 08:32 Ўқилди 2998 Yangi mavsum oldidan "Manchester Siti"ning sardorlari e'lon qilindi |
![]() | 11.08.2026 18:56 Ўқилди 2894 Fati ”Oltin to'p” haqida: “Rodri, Messi va Mbappe JCHni ajoyib o'tkazishdi. Kurash juda shiddatli kechadi” |
![]() | 07.08.2026 01:56 Ўқилди 2682 Mareska Rodrining o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi |
Реклама
Сайт хақида
