Londonning «Arsenal» klubi yaqin vaqt ichida «Bryugge»ning 24 yoshli vingeri Xristos Solis transferini yakunlashi mumkin. Bu haqda Talking Highbury xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kelishuv summasi 41 million yevroni tashkil qiladi. Ta’kidlanishicha, «Arsenal» gresiyalik futbolchini zaxira o‘rindig‘ini kuchaytirish uchun xarid qilmoqda. Hozirgi paytda u asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rilmayapti.
2025/26 yilgi mavsumda Solis barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 29 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Shuni aytish kerakki, Solis avvalroq Angliyada o‘ynagan. 2021-2024 yillar oralig‘ida u «Norvich» klubiga tegishli bo‘lgan.