
Myunxenning «Bavariya» klubi PSV va Marokash terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Ismoil Saybariy transferini rasman e’lon qildi.
24 yoshli futbolchi AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan Jahon chempionati–2026ning eng yorqin kashfiyotlaridan biriga aylandi. Guruh bosqichida Saybariq har uchala uchrashuvda ham gol urgan ilk afrikalik futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Bundan tashqari, uning Shotlandiya terma jamoasi darvozasiga uchrashuvning 70-soniyasida kiritgan goli ushbu mundialning eng tezkor goliga, shuningdek, arab futbolchilari orasida Jahon chempionatlari tarixidagi eng tez golga aylandi.
Niderlandiyaga qarshi 1/16 final bahsida marokashlik futbolchi boshi yorilgan holda uchrashuvni oxirigacha o‘tkazdi. Keyin esa penaltilar seriyasida hal qiluvchi zarbani aniq amalga oshirib, o‘z jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.
Ayni vaqtda Saybariy Jahon chempionatida to‘rtta uchrashuvda uchta gol urdi va Marokash terma jamoasining mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purari bo‘lish borasida Yussef En-Nesiriy bilan tenglashib turibdi.
O‘tgan klub mavsumida Ismoil Saybariy PSV safida barcha musobaqalarda 19 ta gol urib, yorqin mavsum o‘tkazdi. Endi u faoliyatini «Bavariya»da davom ettiradi va jamoada Vensan Kompani qo‘l ostida to‘p tepadi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati–2026 1/8 finalida Marokash terma jamoasi Kanadaga qarshi bahs olib boradi.
![]() | 23.06.2026 21:44 Ўқилди 132346 FIFA JCH-2026 pley-off bosqichida penaltilar seriyasi tartibini o‘zgartirmoqchi |
![]() | 28.06.2026 04:55 Ўқилди 103664 JCH-2026. GOOOL! O‘zbekiston Kongoga qarshi o‘yinda hisobni ochdi (video) |
![]() | 23.06.2026 22:55 Ўқилди 60034 Krishtianu Ronaldu 6 ta JCHda gol urgan ilk futbolchiga aylandi |
![]() | 28.06.2026 04:24 Ўқилди 56984 FOTO. O'zbekistonlik muxlislar "Mercedes-Benz" stadionida |
![]() | 23.06.2026 22:33 Ўқилди 31249 JCH-2026 finalidagi tanaffus 30 daqiqa davom etishi mumkin |
![]() | 29.06.2026 21:56 Ўқилди 19907 LIVE. JCH. Braziliya - Yaponiya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 23.06.2026 21:33 Ўқилди 19631 Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi O‘zbekistonning Portugaliya ustidan g‘alaba qozonishiga ishonishini aytdi |
![]() | 23.06.2026 20:40 Ўқилди 13706 JCH-2026. Portugaliya – O'zbekiston. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 01.07.2026 22:08 Ўқилди 13558 "Bavariya" Marokash terma jamoasining JCH-2026dagi eng yaxshi to'purari Saybari transferini e'lon qildi |
![]() | 23.06.2026 22:48 Ўқилди 13521 Ronaldu - JCH tarixida 40 yoshdan keyin gol urgan Roje Milladan keyingi ikkinchi futbolchi |
Реклама
Сайт хақида