«Nyukasl» Tonalini «Tottenxem»ga 90 million funtga sotishni rad etdi
01.07.2026 20:26 Ўқилди: 6
«Tottenxem» klubi «Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonalini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
talkSPORT jurnalisti Aleks Krukning bergan ma’lumotiga ko‘ra, London klubi italiyalik futbolchining transferi bo‘yicha 90 million funt sterling miqdorida yangi taklif bilan chiqqan. «Qarg‘alar» esa o‘z futbolchisining sotuvidan 100 million funt sterling ishlab olishni ko‘zlashmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Shu bilan birga, «Tottenxem» rahbariyati ushbu transfer borasida optimistik kayfiyatda.
Sandro Tonali 2023 yilda «Milan»dan «Nyukasl»ga 60 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.