«Inter» Sole uchun 30 million yevro to‘lamoqchi emas
01.07.2026 18:52 Ўқилди: 12
«Inter» klubi «Udineze» himoyachisi Umar Sole bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralardagi faolligini pasaytirdi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Inter» 26 yoshli fransiyalik futbolchi uchun taxminan 20 million yevro taklif qilishga tayyor edi, biroq «Udineze» 30 million yevrodan kam bo‘lmagan mablag‘ talab qilmoqda. Milanliklar ushbu summani, ayniqsa Sole kelasi yozda klubni tekinga (erkin agent sifatida) tark etishi mumkinligini hisobga olgan holda, haddan tashqari yuqori deb hisoblashmoqda.
Shuningdek, himoyachining jismoniy holati ham qo‘shimcha shubhalarni yuzaga keltirmoqda. «Inter» rahbariyati futbolchining tizza bo‘g‘imida surunkali muammolar bo‘lishi mumkinligidan xavtirda.
Solega, shuningdek, «Komo» klubi ham qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, ikkala klub ham «Chelsi» himoyachisi Trevo Chalobaning holatini kuzatib borishmoqda, londonliklar uni taxminan 40 million yevroga baholashgan.