Rasman: «Chelsi» «Atalanta»dan 55 million yevroga himoyachi sotib oldi
01.07.2026 18:39 Ўқилди: 9
Londonning «Chelsi» klubi 21 yoshli Marko Palestra bilan mehnat shartnomasi imzolanganini e’lon qildi. Qanot himoyachisining transferi haqidagi ma’lumot «ko‘klar»ning rasmiy saytida paydo bo‘ldi.
Palestra «Atalanta» klubidan sotib olindi. Mish-mishlarga ko‘ra, kelishuv summasi taxminan 55 million yevroni tashkil etgan. Shartnoma shartlariga ko‘ra, Palestra 2033 yilning yoziga qadar «Chelsi» sharafini himoya qiladi.
Yakunlangan mavsumda 21 yoshli himoyachi ijara asosida «Kalyari» tarkibida to‘p surgan edi. A Seriya doirasidagi 37 ta uchrashuvda Palestra 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi 21 avgust kuni start oladi. Birinchi turda Xabi Alonso shogirdlari «Fulxem»ga qarshi maydonga tushishadi.