Portugaliya futboli uchun rekord summaga transfer amalga oshirildi
16.05.2026 12:52 Ўқилди: 36
«Braga» va «Sporting» Rodrigo Salasarning transferi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishishdi.
Yarim himoyachi yozda Lissabon klubi safiga borib qo‘shiladi. Uning uchun 30 million yevro to‘lanadi — bu Portugaliyaning ikki klubi o‘rtasidagi tarixdagi eng yirik transfer kelishuvidir.
A Bola nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli xavbek yangi klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Shartnomada futbolchining tovon puli 80 million yevro etib belgilangan.