
Londonning «Arsenal» klubi 20 yoshli yarim himoyachi Viktor Froxoldt uchun kurashga kirishishga tayyor. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Daniyalik futbolchi joriy mavsumda «Portu»ning Portugaliya chempionatida g‘olib chiqishiga o‘z hissasini qo‘shdi. «Kanonirlar» Kristian Nyorgorning jamoani tark etishi mumkinligi fonida yangi xavbek qidirishmoqda. Froxoldtga shuningdek, «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
«Portu» shu yozda futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas. Yarim himoyachining shartnomasi yana 4 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unda 80 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Klub rahbariyati futbolchining o‘zi ham jamoadan ketishga shoshilmayapti, deb hisoblaydi.
Joriy mavsumda Froxoldt «Portu» safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u «Kopengagen» tarkibida ham 1 ta uchrashuvda qatnashgan.
![]() | 11.05.2026 00:00 Ўқилди 47090 «Zalsburg» Alabani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi |
![]() | 10.05.2026 01:56 Ўқилди 6486 A Seriya. “Inter” va “Yuventus”da mehmonda g'alaba |
![]() | 10.05.2026 23:24 Ўқилди 6197 BAA Pro ligasi. "Bani Yas" va "Al Bataeh" ishtirokidagi o'yinlarda durang, hamyurtlarimiz bahslarda to'liq harakat qilishdi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4716 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 13.05.2026 02:08 Ўқилди 3965 "Navbahor" "Qoraqalpog'iston FA" darvozasiga 9ta to'p kiritgan o'yindan GALEREYA |
![]() | 11.05.2026 02:16 Ўқилди 3589 Liga 1. PSJ va "Brest" o'rtasidagi o'yin taqdirini bitta gol hal qildi |
![]() | 10.05.2026 09:08 Ўқилди 3162 Gvardiola kechagi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi? |
![]() | 10.05.2026 23:56 Ўқилди 3102 LIVE. La Liga. "Barselona" - "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 08.05.2026 02:44 Ўқилди 3009 Eron FIFA oldiga qat’iy shartlar qo‘ydi |
![]() | 09.05.2026 01:32 Ўқилди 3001 Bundesliga. "Borussiya" D g'alabaga erishib, liga kumush medallariga ega chiqdi |
Реклама
Сайт хақида