Yan Oblak «Atletiko»dan ketib, Saudiya Arabistoniga yo‘l olmoqchi
01.04.2026 13:26 Ўқилди: 12
Sloveniyalik darvozabon Yan Oblak o‘zining hozirgi klubi — Madridning «Atletiko» jamoasini tark etish va faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirish niyatida. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli posbonda Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tish varianti bor. Oblak «matraschilar» rahbariyati bilan shartnomasida ko‘rsatilgan 120 million yevrolik tovon pulini kamaytirish bo‘yicha muzokara olib borishga harakat qilmoqda.
Yan Madrid jamoasi sharafini 2014 yilning yozidan buyon himoya qilib keladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida nihoyasiga yetadi.
La Liganing joriy mavsumida darvozabon 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 25 ta to‘p olib chiqdi.