«Real Madrid» Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi
01.04.2026 12:52 Ўқилди: 12
Madridning «Real» klubi Fransiya terma jamoasi hujumchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Teamtalk nashri xabar bermoqda.
Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, «qirollik klubi»ning qiziqishlari doirasiga Angliya Premyer-ligasida «Liverpul» sharafini himoya qilayotgan hujumchi Ugo Ekitike tushgan. «Qaymoqranglilar» futbolchining Bundesligadan APLga o‘tganidan keyingi faoliyatini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
23 yoshli futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi. Ekitike va «Liverpul» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Angliya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va to‘rtta golli uzatmani yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.