Lissabonning «Benfika» klubida to‘p surayotgan norvegiyalik vinger Andreas Shelderup Ispaniyaning top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqda Marca gazetasi jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli skandinaviyalik futbolchining transferiga Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqish bildirmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» Shelderupni hujumning chap qanotini kuchaytirish uchun nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Portugaliya tomoni, agar Andreas uchun 20 million yevro taklif qilinsa, uni sotishga tayyor.
Portugaliya chempionatining joriy mavsumida Shelderup 21 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.