
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.
Fichajes nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «PSJ» klubi portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Xavbekni Parij klubida ko‘rishni shaxsan Luis Enrike istamoqda. Ispaniyalik mutaxassis Brunu Fernandesh, Vitinya va Joau Neveshdan iborat yarim himoya triosini shakllantirishni rejalashtirgan. «Manchester Yunayted» parijliklarning portugaliyalik futbolchi transferi bo‘yicha bergan 70 million yevrolik taklifini rad etdi. «PSJ» uchun Brununi qo‘lga kiritishning yagona yo‘li — evaziga Joau Neveshni berish yoki 120 million yevro to‘lashdir.
Brunu Fernandesh 2020 yilda «Sporting»dan «Manchester Yunayted»ga 65 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi Manchester klubi safida barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
![]() | 22.03.2026 21:40 Ўқилди 17042 APL. "Tottenxem" "Nottingem"ga yirik hisobda engildi, "Aston Villa" g'alaba qozondi |
![]() | 22.03.2026 22:00 Ўқилди 12342 "Tottenxem" APLda o'tgan yildan buyon g'alaba qozona olmayapti |
![]() | 30.03.2026 20:22 Ўқилди 12014 Skaloni Messi 1 aprel kuni Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishini tasdiqladi |
![]() | 22.03.2026 22:32 Ўқилди 11432 "Yaypan" Qirg'iziston klubi bilan o'ynadi. Ikki jamoa ikki xil natija elon qildi |
![]() | 30.03.2026 18:56 Ўқилди 11293 FIFA Series. O'zbekiston – Venesuela (matnli translyatsiya) |
![]() | 27.03.2026 19:56 Ўқилди 8057 Chempionlar Ligasi-2026 finali vaqti e'lon qilindi |
![]() | 30.03.2026 19:56 Ўқилди 7414 Saloh "Roma"ga qaytadimi? |
![]() | 27.03.2026 19:00 Ўқилди 7121 FIFA Series. Venesuela Trinidad va Tobago ustidan yirik g‘alabaga erishdi |
![]() | 22.03.2026 23:00 Ўқилди 6852 Tudor APLdagi sharmandagi mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumaniga kirmadi |
![]() | 22.03.2026 21:32 Ўқилди 6494 Angliya Liga kubogi. "Arsenal" – "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyaciya) |
Реклама
Сайт хақида