"MYU" Portugaliya terma jamoasi himoyachisini ko‘zladi
14.03.2026 17:13 Ўқилди: 87
Hozirda "Vilyarreal" sharafini himoya qilayotgan markaziy himoyachi Renato Veyga yozda Angliyaga yo‘l olishi mumkin.
Goal xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Portugaliya terma jamoasining 22 yoshli a’zosini chap markaziy himoyani kuchaytirish uchun nomzodlar safiga kiritgan.
Transfermarkt portalida 25 million yevroga baholanayotgan Veyga joriy mavsumda ispan klubi safida 34 ta o‘yinda 1 ta gol urdi.