«Komo» hujumchisi Alvaro Morata La Ligaga qaytishi mumkin.
Qayd etilishicha, «Xetafe» klubi futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Morataning o‘zi ham Ispaniyaga qaytish imkoniyatini istisno etmayapti.
Ushbu mavsumda hujumchi «Komo» safida 18 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ularda futbolchi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Alvaro Morataning transfer qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.