«Aston Villa» «Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Traffordni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Football Insider nashri yozmoqda.
Birmingemliklar darvozabon uchun kurashda «Lids»ga raqobat tug‘dirishga tayyor. Qayd etilishicha, yozgi transfer oynasi oldidan Traffordning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
Joriy mavsumda Jeyms Trafford «Manchester Siti» safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda darvozabon to‘qqizta gol o‘tkazib yubordi va beshta o‘yinni «quruq» o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.