«Manchester Yunayted»ning sobiq a’zosi, shotlandiyalik yarim himoyachi Skott Maktominay o‘zining hozirgi klubi — «Napoli»ni tark etishi mumkin.
Tuttomercatoweb jurnalistlarining ma’lumotlariga ko‘ra, xavbek Angliya Premyer-ligasiga qaytishni orzu qilmoqda. Yarim himoyachi uning transferiga qiziqish bildirayotgan «qizil iblislar» lageriga qaytishi ehtimoli bor.
29 yoshli yarim himoyachi Neapol jamoasida 2024 yilning avgustidan buyon to‘p surib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Shotlandiyalik futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.
Seriya A joriy mavsumida Skott 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga oltita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.