Yana bir jahon yulduzi «Real»ga o‘tishni orzu qiladi!
15.02.2026 18:26 Ўқилди: 15
«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai o‘z kuchini Madridning «Real» klubida sinab ko‘rishni orzu qilmoqda. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Soboslai «Liverpul»da juda baxtli, biroq agar unga «Real»dan taklif tushsa, bu masala ustida uzoq o‘ylab o‘tirmaydi. Ta’kidlanishicha, Soboslai «Real»ni o‘zi uchun ideal klub deb hisoblaydi.
Joriy mavsumda 25 yoshli vengriyalik yarim himoyachi barcha turnirlarda 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Soboslaining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining qiymatini 85 million yevroga baholamoqda.