«Tottenxem» Manor Solomonni «Fiorentina»ga sotib olish huquqi bilan ijaraga beradi
01.01.2026 10:00 Ўқилди: 18
«Tottenxem» vingeri Manor Solomon «Fiorentina»ga o‘tadi.
Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, klublar futbolchining ijara asosidagi transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Italiya klubida 26 yoshli isroillik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bo‘ladi.
Yozdan beri Solomon «Vilyarreal» safida o‘ynab kelayotgan edi. Ushbu ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinadi.