«Bavariya» futbolchisi Flikka «Barsa»da o‘ynashga tayyorligini ma’lum qildi
31.12.2025 15:39 Ўқилди: 33
Myunxenning "Bavariya" klubi markaziy yarim himoyachisi Leon Goreska faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
Bild nashri xabariga ko‘ra, 30 yoshli germaniyalik futbolchi kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka kelasi yozda tekinga jamoaga o‘tishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.
Goreskaning nemis grandi bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. U joriy mavsumda jami 23 ta o‘yinda 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali Leonni hozirda 15 million yevroga baholamoqda.