"Jenoa" yarim himoyachisiga Italiyaning uchta top-klubi qiziqish bildirmoqda
02.11.2025 08:39 Ўқилди: 36
"Jenoa" markaziy yarim himoyachisi Morten Frendrup Italiya chempionatining birdaniga uchta top-klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Daniya terma jamoasining 24 yoshli xavbekini "Yuventus", "Roma" va "Inter" klublari kuzatib bormoqda. Qishki transferlar davrida "Jenoa" yuqoridagi jamoalardan rasmiy taklif olishi mumkin.
Joriy mavsumda Frendrup barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi. Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.