"Arsenal"ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin, deya xabar beradi Milanlive.
Manba bergan xabarga ko‘ra, "kanonirlar" 30 million yevro evaziga yo ijaraga olish yoki doimiy transfer masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. Futbolchiga Angliya Premyer-ligasining uchta klubi qiziqish bildirmoqda: "Bornmut", "Fulxem" va "Vest Xem".
28 yoshli Jezusga "Milan" va "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda. Hujumchining o‘zi ham shartnomasi oxirigacha "Arsenal"da qolishni istaydi. Uning klubdagi maoshi yiliga 15,7 million yevrodan oshadi. Jezus bu mavsumda maydonga tushmadi. U xochsimon bog‘lami yirtilganidan keyin tiklanishda davom etmoqda.