"Atletiko"ning bahaybat hujumchisiga Angliyadan qiziqish bor
01.11.2025 17:39 Ўқилди: 54
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Aleksandr Syorlot JCH-2026 oldidan ko‘proq o‘yin amaliyoti olish maqsadida qishda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Fichajes portali xabariga ko‘ra, 29 yoshli norvegiyalik futbolchining holatini "Nyukasl" diqqat bilan kuzatmoqda. Shuningdek, Serlot ismi "Fenerbaxche" short-listiga ham kiritilgan.
Norvegiyalik 1,95 metr bo‘yga ega gigant forvard hozirda 25 million yevroga baholanmoqda. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.