Angliyalik hujumchi Markus Reshford "Barselona"da qolishni istamoqda.
Jurnalist Gabriel Sans xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan muzokaralarga kirishdi.
Kelishuv quyidagi shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
— 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma
— Maoshda sezilarli o‘zgarish yo‘q
— Barqarorlik va uzoq muddatda yuqori daromad kafolati.
"Ko‘k-anorranglilar" mavsum yakunida Reshfordni "Manchester Yunayted"dan 30 million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega.
Bu mavsumda Reshford jami 13 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 7 ta assist berishga ulgurdi.