Angliyaning "Bornmut" klubi chap qanot vingeri Antuan Semenyo faoliyatini La Liga grandi safida davom ettirishi mumkin.
Daily Mail xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi "Real"ning qiziqishlariga sabab bo‘lgan. "Qirollik klubi" Vinisius Junior o‘rniga sotib olinishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga Semenyoni kiritgan.
Futbolchining ingliz klubi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor. Transfermarkt uni 55 million yevroga baholamoqda.
Semenyo joriy mavsumda jami 10 ta o‘yinda 6 ta gol urib, 3 ta assist berdi.