Kvarasxeliya «Napoli» o‘rniga «Nissa» bilan shartnoma imzolashi mumkin edi
01.11.2025 09:13 Ўқилди: 33
Gruziyalik 24 yoshli hujumchi Xvicha Kvarasxeliya "Napoli"ga o‘tishidan oldinroq Fransiyaning "Nissa" klubiga o‘tishi mumkin edi, deya xabar bermoqda L’Equipe.
Muzokaralar 2021/2022 yilgi mavsum o‘rtalarida, futbolchi Qozonning "Rubin" jamoasida o‘ynagan vaqtlarda olib borilgan. "Nissa" rahbariyati yarim himoyachining RPLdagi o‘yinidan hayratga tushdi va kelishuvga erishishga tayyor edi. Biroq, klub ma’muriy qiyinchiliklarga duch keldi. Futbolchi agentining Fransiyada muzokaralar olib borish uchun ruxsati yo‘q edi va uning transfer bo‘yicha talablari haddan tashqari yuqori chiqdi.
Oqibatda, Kvarasxeliya "Rubin"ni tark etdi va "Dinamo" Batumida qisqa muddat o‘ynagach, "Napoli" bilan shartnoma imzoladi. Hujumchi 2025 yil yanvaridan boshlab "PSJ" safida to‘p tepmoqda.