Ingliz klubi "Barselona"ga 80 million yevro to‘lashga tayyor
18.09.2025 08:13 Ўқилди: 18
"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmoga Angliyaning "Nyukasl" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Qarg‘alar" ispaniyalik futbolchini kelasi yili o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. Transfer News Live’ning TEAMtalk’ga tayanib xabar berishicha, "Nyukasl" 27 yoshli futbolchi uchun 70 mln funtdan (80+ mln yevro) ko‘proq mablag‘ taklif qilishi mumkin.
Transfermarkt ekspertlari Dani Olmoning narxini 60 mln yevroga baholamoqda. Futbolchi o‘tgan yilning yozida "RB Leypsig"dan 55 mln yevro evaziga kataloniyaliklar safiga qo‘shilgandi.