27 yoshli fransiyalik vinger Yann Karamo "Portu" klubi safiga borib qo‘shiladi. Bu haqda Record portali xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yaqin kelajakda futbolchi yoshlar tarkibida o‘ynaydi va asosiy tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazadi. Erkin agent maqomidagi futbolchi bilan shartnoma mavsum oxirigacha imzolandi.
Futbolchining bozor narxi 1,8 million yevroga baholanmoqda. Karamo Fransiya terma jamoasida yoshlar va o‘smirlar darajasida o‘ynagan.