Rasman. "Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Mendi faoliyatini Polshada davom ettiradi
17.09.2025 18:13 Ўқилди: 15
"Manchester Siti" va Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Benjamen Mendi Polshaning "Pogon" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda shesinliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Gavr" tarbiyalanuvchisi bungacha "Marsel", "Monako", "Manchester Siti", "Loryan", "Syurix" kabi jamoalarda to‘p tepgan. U yozda Shveysariya klubini tark etgandi.
Hozir Mendi 31 yoshda. Eslatib o‘tamiz, chap qanot himoyachisi faoliyatini zo‘rlash bilan bog‘liq shov-shuvli voqea ancha izdan chiqardi.
Ayni paytda Transfermarkt portali uni 1 mln yevroga baholamoqda.