"Bavariya" forvardi Nikolas Jeksonning manfaatlarini himoya qilayotgan Diomansi Kamara futbolchining "Chelsi"ga qaytishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Yozgi transfer oynasida "Bavariya" hujumchini "Chelsi"dan sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
- Jekson "Chelsi"ga qaytmaydi. Uning Enso Mareska bilan munosabati yaxshi emas edi. Ammo biz dushmanlik qilmoqchi emasmiz, shuning uchun "Chelsi" uning ketishiga ruxsat berdi," - dedi agent.
"Bavariya" safida 24 yoshli Jekson Germaniya chempionatining bir o‘yinida ishtirok etdi.