"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Avgust oyida ingliz ijaraga ketishni talab qildi, ammo "qizil iblislar" yulduzni qo‘yib yuborishni istamadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Maynu zaxira o‘yinchisi bo‘lishdan norozi, shuning uchun uning ketishi haqidagi gap-so‘zlar tinmayapti. Jurnalist Aleks Krukning ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli futbolchiga "Nyukasl" da’vogarlik qilmoqda. "Qarg‘alar" yanvar oyida transfer oynasi ochilishi bilan muzokaralarni boshlashi mumkin.
Shuningdek, Kobbi Maynuga "Chelsi" va Madridning "Real" klublari ham qiziqish bildirgan. Transfermarkt portalida futbolchining narxi - 50 mln yevro.