"Kristal Pelas" himoyachisi "Bavariya" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi
17.09.2025 08:13 Ўқилди: 24
"Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Insayder Kristian Falkning ma’lum qilishicha, Myunxenning "Bavariya" klubi uni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
25 yoshli ingliz avvalroq "Liverpul"ga o‘tishga yaqin turgandi, ammo transfer amalga oshmadi. Gexi "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo londonliklarning asosiy jamoasida o‘z o‘rnini topa olmadi. 2021 yilning yozida "Kristal Pelas" uning shartnomasini sotib oldi.
Bundesliganing 3 turidan so‘ng "Bavariya" 9 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.