"Barselona" darvozaboni Penya uchun kurashdagi favorit nomi ma’lum bo‘ldi
23.08.2025 08:52 Ўқилди: 9
"Barselona" darvozaboni Inyaki Penya klubni tark etishga yaqin turibdi. Kuni kecha futbolchiga Italiyaning "Komo" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi, ammo ayni damda 26 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun kurashda "Elche" yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Ispaniyadagi turli manbalar xabar bermoqda.
Agar hammasi ko‘ngildagidek bo‘lsa, darvozabon "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytiradi, shundan so‘ng La Liganing yangi klubi safiga qo‘shiladi.
Inyaki Penyaning narxi taniqli Transfermarkt sayti ekspertlari tomonidan 8 mln yevroga baholanmoqda. Kiperning Kataloniya grandi bilan amaldagi kelishuvi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.
"Elche" 1-tur bahsida "Betis" bilan durang o‘ynadi (1:1).