"Yuventus" vingeri Nikolas Gonsales faoliyatini Madridning "Atletiko" klubida davom ettirmoqchi.
"Keksa sinyora" argentinalikni sotuvga qo‘ydi va unga "matraschilar" qiziqish bildirishdi. Insayder Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, muzokaralar davom etmoqda, biroq klublar hozircha kelishuvning ayrim jihatlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. 27 yoshli futbolchining o‘zi "Atletiko"ga o‘tishni istamoqda, u allaqachon madridliklar ustozi Diyego Simeone bilan gaplashgan.
Nikolas Gonsalesning transfer narxi Transfermarkt portali tomonidan 24 mln yevroga baholanmoqda. Yaqinda "Yuventus" futbolchini "Fiorentina"dan 28 mln yevroga sotib olgan edi.